Jahon | 09:16 / 09.06.2018
3740
2 daqiqa o‘qiladi

NATO Iroqqa yuzlab harbiy yo‘riqchilarini yuboradi

Foto: Reuters /Yves Herman

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, Shimoliy Atlantika Alyansi Iroqqa yuzlab harbiy yo‘riqchilardan iborat bo‘lgan yangi missiyasini jo‘natadi. Ular Iroq qurolli kuchlari xodimlarini o‘qitish bilan shug‘ullanadi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Iroq hukumati va global koalitsiya murojaati munosabati bilan NATO yaqinda Iroqqa yangi missiya jo‘natadi, u bir necha yuzlab harbiy yo‘riqchilar va xodimlardan iborat bo‘ladi. Biz Iroq harbiylarini shug‘ullantiramiz hamda Iroq harbiy mashg‘ulot markazlarini rivojlantiramiz», - deya aytib o‘tdi Stoltenberg.

Bosh kotibning fikricha, yangi missiya alyansning Iroq harbiylarini o‘qitish bo‘yicha sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, uning fikricha, bunday qo‘llab-quvvatlov Iroq armiyasiga mamlakatni himoya qilish va IShID terrorchilik guruhi yana kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslikda yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya Iroqda ham terrorchilarni yo‘q qilishi haqida bayonot bergandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid