Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh-KXDR sammiti Rossiya va Xitoy tashvishiga sabab bo‘ldi
Foto: AP /Evan Vucci
Rossiya AQSh - KXDR sammitidan so‘ng o‘zini «bortdan tashqarida» deb hisoblashi, Xitoy esa unda «ehtimoliy strategik muvaffaqiyatsizlikni» ko‘rishi mumkin, deb yozmoqda Sputnik.
AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In 12 iyun kuni Singapurdagi sammitda uchrashdi. Tomonlar «tarixiy uchrashuv» yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida yangi munosabatlarni qurishga, shuningdek, Koreya yarim orolida tinchlik o‘rnatishga kelishib oldi.
Salem davlat universiteti professori Kanishkan Satxasivam fikricha, Rossiyada sammit bo‘yicha ma'lum bir xavotirlar yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Satxasivamning aniqlik kiritishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, ehtimol, bu jarayonning bevosita ishtirokchisi emasligidan norozi bo‘lmoqda, ammo u sammit natijalaridan qoniqqan.
Ekspert sammit yakunlari qandaydir manfaat keltirishi mumkin bo‘lgan davlatlar sifatida Yaponiya va Janubiy Koreyani tilga olgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, sammit bitta mintaqaga emas, balki butun dunyoga foyda keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR yadroviy qurolsizlanishi muddatlariga baho berilgandi.
Mavzuga oid
23:41 / 30.12.2025
Yil yakunida axborot urushi: Rossiya Putin qarorgohiga zarba berilganini aytmoqda
21:29 / 30.12.2025
Kreml Putinning qarorgohiga hujum uyushtirilgani haqidagi bayonotlardan keyin uning manzilini maxfiylashtirdi
20:08 / 30.12.2025
Putin qarorgohiga dron hujumini tasdiqlovchi dalillar yo‘q – ISW
18:03 / 30.12.2025