Koreya yarim orolining butunlay yadrosizlanişi 15-20 yilni talab qilişi mumkin. Bu haqda MAGATEning xavfsizlik sohasidagi siyosatni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş departamenti rahbari Tariq Rauf aytib ötdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Seşanba, 12 iyun kuni, Singapurda AQŞ - Şimoliy Koreya sammiti bölib ötdi, unda Donald Tramp va Kim Çen In uçraşdi. Davlat yetakçilari KXDRning butunlay yadrosizlanişi haqida kelişib olgan.

«Koreya yarim orolini yadro qurolidan ozod qiliş (yadrosizlanişi) jarayoni 15-20 yilni talab qiladi», - deya aytib ötgan Rauf.

Uning tuşuntirişiça, bunday uzoq muddat KXDR texnik jihatdan juda zamonaviy emasligi bilan boğliqdir. 

«Hali infratuzilma ham bor. Şuni yodda tutiş kerak, Şimoliy Koreya - kiçik davlat emas. Butun mamlakat böylab tekşiruvlarni amalga oşiriş lozim, bu heç qayerda deklaratsiya qilinmagan yadro quroli qolmaganini tasdiqlaş uçun kerak - bunga esa haqiqatdan ham köp vaqt ketadi», - deya aytib ötgan Rauf.

Uning fikriça, Şimoliy Koreya yadro qurolini demontaj qilişga an'anaviy «oltilik» şaklidan köra, AQŞ - Rossiya - Xitoy «uçligi» mos tuşadi. Şu bilan birga, uning qöşimça qilişiça, Koreya yarim orolining yadrosizlanişi kontekstida barça manfaatdor davlatlar iştiroki talab etiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Kim Çen Inga iPad’da KXDR kelajagini körsatgani xabar qilingandi.