AQSh Inson huquqlari bo‘yicha kengashga qanday shartda qaytishi ma'lum bo‘ldi
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Inson huquqlari bo‘yicha kengashga (IHK), agarda tashkilotni isloh qilish amalga oshirilsa, qaytadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Doimiy vakilning ta'kidlashicha, AQSh IHKdan chiqqaniga qaramay, inson huquqlari masalalari bilan shug‘ullanishda davom etadi.
«Biz Inson huquqlari bo‘yicha kengashni isloh etishga faol ravishda chaqiramiz. Agarda islohot ro‘y bersa, biz unga yana qo‘shilishdan xursand bo‘lamiz», - deya ma'lum qilgan Xeyli.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi faoliyati so‘nggi vaqtlarda «sharmandali ikkiyuzlamachilik» misoliga aylanib qolgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:00
AQShda ColdRiver hakerlarining 100 dan ortiq domeni bloklandi
10:40
BMT Xavfsizlik kengashi Guterrishni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
08:20
AQSh va Isroil TsAHALning Erondagi ehtimoliy nishonlarini muhokama qilmoqda
16:57 / 03.10.2024