AQSh BMT bosh kotibiga o‘z qarori haqida rasman ma'lum qildi
AQSh BMT bosh kotibi va Inson huquqlari bo‘yicha kengash raisiga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqishi haqida rasmiy bildirishnoma taqdim etdi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha kengash matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maktub AQShning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan taqdim etilgan va BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshga mo‘ljallangan. Bildirishnoma nusxalari Bosh assambleya prezidenti Miroslav Laychak, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisi Voislav Shuts va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husaynga yuborildi. AQSh bu hujjatda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan o‘z a'zoligini 19 iyun kuni soat 17:00dan boshlab chiqarib olishi haqida rasman xabar bergan.
Bundan tashqari, AQSh Inson huquqlari bo‘yicha kengashning, 18 iyun kuni boshlangan va 6 iyulda o‘z nihoyasiga yetadigan iyun sessiyasida o‘z ishtirokini davom ettirishdan bosh tortdi. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Kengashda 2019 yilning 31 dekabr kuni tugaydigan o‘z vakolatlari yakuniga qadar qolmasligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQShning qaroriga munosabat bildirgandi.
Mavzuga oid
11:00
AQShda ColdRiver hakerlarining 100 dan ortiq domeni bloklandi
10:40
BMT Xavfsizlik kengashi Guterrishni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
08:20
AQSh va Isroil TsAHALning Erondagi ehtimoliy nishonlarini muhokama qilmoqda
16:57 / 03.10.2024