Xitoy AQŞ BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşidan çiqiş haqida qaror qabul qilganidan afsusda. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Şuan ma'lum qildi.
«Xitoy AQŞning BMT Inson huquqlari böyiça kengaşidan çiqiş töğrisidagi qarori tufayli afsusda ekanini bildiradi. Inson huquqlari böyiça kengaş BMT Boş assambleyasi tomonidan ta'sis etilgan. Bu inson huquqlarini himoya qiliş sohasidagi muloqot va hamkorlik böyiça muhim platformadir. Barça tomonlar kengaş işiga juda jiddiy e'tibor qaratadi», - deya aytib ötdi Gen Şuan.
Uning sözlariga köra, Pekin BMT Inson huquqlari böyiça kengaşini bundan keyin ham qöllab-quvvatlaşda davom etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil AQŞning «jur'atli» qarorini olqişlagandi.












