Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda IShIDning sakkiz nafar a'zosi qatl etildi
Foto: AFP
Eron hukumati IShID guruhining 2017 yilda Tehronda sodir etilgan hujumlarga aloqador sakkiz nafar a'zosiga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmini ijro etdi, deb xabar qildi Tasnim agentligi.
"Eron IShIDning 2017 yilda Tehronda sodir etilgan hujumlarga aloqador sakkiz jangarisini qatl etdi", — deyiladi agentlikning Twitter akkauntida.
2017 yil 7 iyunda ayollar kiyimida bo‘lgan to‘rt kishi Eron parlamenti binosida o‘t ochgan, keyinroq ulardan biri o‘zini portlatib yuborgan. Imom Humayniy maqbarasida ham hujum sodir etilgan: hujum qilganlardan biri o‘zini portlatgan. Terrorchilar hujumi oqibatida 20ga yaqin kishi halok bo‘lgan, o‘nlab insonlar jarohatlangan.
Eron inqilobiy sudi 13 may kuni IShIDning bu hujumlarga aloqador sakkiz a'zosiga nisbatan o‘lim hukmini chiqardi. 11 iyun kuni Eron Oliy sudi bu hukmni tasdiqladi.
Mavzuga oid
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025