Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobodda katta o‘zgarishlar
Toshkent viloyati Bekobod tumanida "Oila markazi" ning yangi binoga ko‘chishi munosabati bilan ochilish marosimi bo‘ldi. Qulay va shinam sharoitda ochilgan markaz endi xotin-qizlar qo‘mitasi va FXDYo bo‘limi bilan hamkorlikda oilalarni mustahkamlashdagi hamkorlik ishlarini yanada kuchaytiradi.Markaz yonida "Xonqizi" MChJ ish boshladi. Tadbirkor Shohida Ermatova rahbarligidagi tikuvchilik sexida 50 ta ish o‘rni yaratildi. Unga ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lsa-da mehnatga layoqatli xotin-qizlar, jinoyat sodir etib xotin-qizlar qo‘mitasining Kafolat xati bilan jazodan ozod etilgan va jamoatchilik nazoratiga olingan 2 nafar qizlarni xam bandligi taminlandi. Bundan tashkari 5 ta til bo‘yicha "O‘quv markazi" va "Psixolog maslahatxona" si xam ochildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Parpiboyeva, Oila ilmiy amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi rahbari D. Muhammedova, viloyat Tadbirkor ayollar uyushmasi raisi M.Qodirxonova ishtirok etishdi. Bunday foydali, maqsadli va savobli ishlar ko‘lamini kengaytirish ishlarini tuman rahbarlari dasturilamal qilib olishgan
Mavzuga oid
15:59 / 15.12.2025
Bekobodda IIB xodimi mashinada odam urib o‘ldirdi. U jasadni Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda
15:26 / 15.11.2025
Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” mas’uliga nisbatan korrupsiya ishi qo‘zg‘atildi
09:53 / 01.11.2025
Bekobodda Sirdaryoni bog‘laydigan yangi ko‘prik ishga tushdi
15:32 / 22.07.2025