Yerevan sudi KXShT bosh kotibini hibsga olishdan bosh tortdi
Yerevandagi sud Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) bosh kotibi general-polkovnik Yuriy Xachaturovni garov evaziga ozod qildi. Bu haqda uning advokati Migran Pogosyan xabar berdi, deya ma'lum qilmoqda TASS.
«Sud Xachaturovga nisbatan muqobil ehtiyot chorasini qo‘lladi va garovni maqbul topdi. Garov miqdori qabul qilindi», - dedi advokat. Uning aniqlik kiritishicha, garov puli to‘langunga qadar uning mijozi rasman hibsda, deb hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Maxsus tergov xizmati KXShT bosh kotibi general-polkovnik Yuriy Xachaturovga ayblov qo‘ydi va uni hibsga olishni talab qildi.
Xachaturov Armaniston Jinoyat kodeksining 300-moddasi («Konstitutsion tuzumni boshqa shaxslar bilan oldindan til biriktirgan holda ag‘darib tashlash») 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda. Maxsus tergov xizmati KXShT bosh kotibiga nisbatan qamoqqa olish ko‘rinishidagi ehtiyot chorasini tanlash bo‘yicha sudga murojaat qilgandi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
15:50 / 04.11.2024
KXShT bosh kotibi: Dunyoda kuchayib borayotgan chaqiriq va tahdidlarga davlatlar yakka o‘zi tura olmaydi
15:00 / 19.10.2024