Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aktsiyadorlik jamiyatlari ustav fondining minimal miqdori keskin kamaytirildi
O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdori 400 million so‘m bo‘ladi. Bu haqdagi tegishli qonun loyihasi 2018 yilning 15 sentabriga qadar ishlab chiqilishi lozim.
Bu prezident tomonidan tasdiqlangan mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilab qo‘yildi.
Qayd etilishicha, Raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligi ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish uchun mas'ul etib belgilandi.
Ma'lumot uchun: ilgari aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining minimal miqdori 1 mlrd 600 mln so‘m bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 1 oktabrdan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga ijaraga olish mumkin bo‘lishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:10 / 21.03.2026
Venchur va xususiy investitsiya fondlari uchun huquqiy asos yaratiladi
15:27 / 06.02.2026
O‘zbekistonda venchur fondi tushunchasi qonunchilikka kiritiladi
08:50 / 10.01.2025
O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot” fondi tashkil etiladi
08:15 / 16.03.2024