Sport | 20:57 / 04.08.2018
24996
1 daqiqa o‘qiladi

Makgregorga Nurmagomedov bilan jangi oldidan maslahat berishdi

Foto: MMA Fighting

Sobiq UFC jangchisi Oleg Taktarov irlandiyalik Konor Makgregorga rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan jangi oldidan maslahat berdi.

«Men Konorning oxirgi janglarini ko‘rdim, u burnidan juda yomon nafas oldi va ikkinchi raunddan so‘ng parterga tushganida charchab qoldi. 

Makgregor hech bo‘lmasa bir oy tog‘larda mashg‘ulot o‘tkazsa yaxshi bo‘lardi. Bokschi 12 raund davomida charchamasligi, kurashchi esa uch soat charchamasligi mumkin, ammo bokschi kurash tushishni va kurashchi boks tushishni boshlasa, besh daqiqadan keyinoq charchab qolishadi», — dedi Taktarov.

Eslatib o‘tamiz, 70 kilogrammgacha vazn toifasida UFC chempioni Nurmagomedov va da'vogar Makgregor o‘rtasidagi jang 6 oktabrda Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid