Uch marta yiqilish. Kovalyov kutilmaganda yutqazdi va kamaridan mahrum bo‘ldi
Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarshi ringga chiqib, Butunjahon boks tashkiloti (WBO) versiyasi bo‘yicha kamari himoya jangida mag‘lub bo‘ldi.
5 avgustga o‘tar kechasi AQShning Atlantik-Siti shahridagi «Xard-Rok» arenasida o‘tgan boks oqshomida rossiyalik bokschi 3 marta polga quladi, oxirgi qulash nokaut sifatida qayd etildi.
Alvares uchun bu professional faoliyatidagi ilk titul kamari bo‘ldi. U shu vaqtga qadar 24 marta ringga ko‘tarilib, 24 g‘alabaga erishgan.
Ayni vaqtda 35 yoshga chiqqan Kovalyov uchun bu faoliyatidagi uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
O‘zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo‘latov bilan birga hamkorlik qiladigan ushbu bokschi bunga qadar amerikalik Andre Uordga yutqazgandi. U professional ringdagi faoliyatida 32 marta g‘alaba qozongan, shundan 28tasida nokaut qayd etgan.
Nokdauny i ostanovka boya Kovalev-Alvares: pic.twitter.com/rC0Iq2417z
— Yuri Tarantin (@YuriTarantin) August 5, 2018
Nokaut: pic.twitter.com/XY1XQhia4X
— Yuri Tarantin (@YuriTarantin) August 5, 2018
Eleider Alvarez Wins TKO R7#KovalevAlvarez pic.twitter.com/7LhbLtlVO0
— Jonnyboy (@JBNeverDies) August 5, 2018
Mavzuga oid
11:03 / 16.11.2024
Boks. Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jyeyk Polga mag‘lub bo‘ldi
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024