Yarim oğir vaznda (79,38 kg) WBA (Super) va IBF versiyalari böyiça sobiq jahon çempioni, 34 yoşli rossiyalik Sergey Kovalyov WBO kamarini himoya qildi. Nyu-Yorkdagi «Medison Skver Garden» arenasida ötkazilgan jangda u rossiyalik Igor Mixalkinga qarşi ringga çiqdi va 7-raundda texnik nokaut bilan ğalaba qozondi.
Sergey Kovalyov 2016 yilning noyabrida kamarni amerikalik Andre Uordga boy bergan, 2017 yil kuzida ukrainalik Vyaçeslav Şabranski ustidan ğalaba qozonib, kamarni qaytarib olgandi. Mixalkin ustidan ğalaba Kovalyov uçun Uordga qarşi ketma-ket mağlubiyatlardan keyin ikkinçi ğalaba bölmoqda. 2016 yilgi mağlubiyatdan keyin u 2017 yil iyunida revanş jangini ötkazgan, ammo sakkizinçi raundda texnik nokaut bilan yutqazgandi.
Şundan keyin Kovalyov murabbiyini özgartirgan, uni amerikalik Jon Devid Jyekson örniga özbekistonlik Abror Tursunpölatov şuğullantira boşlagandi.

Abror Tursunpölatov professional ringga ötgan Fazliddin Ğoibnazarovga ham ustozlik qilmoqda.
Endi Sergey Kovalyov hisobida 35 jangda 32 ğalaba (28 nokaut), 2 mağlubiyat va bir durang bor.












