Jahon | 08:37 / 08.08.2018
11763
2 daqiqa o‘qiladi

2007 yilda AQSh Davlat departamenti Rossiyaga Saakashvili bo‘yicha va'da bergan

Foto: Dmitriy Duxanin / Kommersant'

Rossiya Federatsiyasi prezidentining atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya va transport masalalari bo‘yicha maxsus vakili Sergey Ivanov «Kommersant'»ga Janubiy Osetiyadagi qurolli mojaro haqida gapirib berdi. 

2007 yilgacha Ivanov Rossiya mudofaa vaziri bo‘lgan, 2008 yilda bosh vazirning o‘rinbosari bo‘lgan hamda mudofaa sanoati sohasini nazorat qilgan.

Ivanovning so‘zlariga ko‘ra, 2007 yilda AQSh davlat kotibi Kondoliza Rays uni Gruziyaning o‘sha paytdagi prezidenti Mixail Saakashvili Janubiy Osetiyada «qizil chiziqni kesib o‘tmasligiga» ishontirgan.

Siyosatchining ta'kidlashicha, mojaro boshlanganidan keyin davlat kotibi Saakashvilining hodisalar keskinlashib ketganida aybi borligini ko‘rsatgan, ammo bu haqda ochiqchasiga gapirmagan.

«Biroq, u shaxsiy suhbat davomida Saakashvili o‘zidan ketib qolganini tan oldi», - deya ma'lum qilgan Ivanov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Medvedev 2008 yilgi voqealardan maqsad Saakashvilini qatl qilish bo‘lmaganini aytgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid