Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev 2008 yilda, u prezidentlik lavozimida bölgan paytda nima uçun rus tanklari Gruziya poytaxtiga kirmaganini tuşuntirib berdi. Bu haqda u «Kommersant'»ga bergan intervyusida aytib ötdi.
Boş vazirning sözlariga köra, 2008 yilda prezident boşçiligidagi Gruziya hukumati «tajovuzga yaşil çiroq yoqdi» va «yuz bergan narsa sodir böldi».
Medvedev nega rus tanklari Tbilisidan bir neça ön kilometr masofada töxtab qolgani va şaharga kirmagani haqidagi savolga «maqsad Gruziyani mağlub qiliş», şuningdek, «Saakaşvilini qatl qiliş» bölmagani bilan javob berdi.
Uning ta'kidlanişiça, maqsad Gruziya qöşinlarini Tsxinvaldan çiqarib yuboriş, tartib örnatiş, şuningdek, keyingi harbiy harakatlarning oldini oliş edi.
Medvedevning qayd etişiça, keyingi harakatlarni olib bormaslik haqida qaror qilib, töğri iş qilgan, deb hisoblaydi.








