O‘zbekiston | 12:22 / 08.08.2018
24059
2 daqiqa o‘qiladi

IIV xorijga chiqish pasporti loyihasiga «millati» ustunini qo‘shmadi

Foto: KUN.UZ

Ichki ishlar vazirligi xorijga chiqish uchun pasport loyihasiga «millati» ustunini qo‘shmadi. Bu normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida e'lon qilingan loyihada yo‘q.

Loyiha bilan shaxsni tasdiqlovchi uchta hujjatni ma'qullash taklif etilmoqda: ikkita biometrik pasport (bittasi mamlakat ichida, ikkinchisi xorijga chiqish uchun) va ID-kartani (davlat xizmatlarini olish uchun).

Xorijga chiqish uchun biometrik pasport blankasiga asosiy 15ta ma'lumotni kiritish rejalashtirilgan bo‘lib, ular orasida davlat kodi, pasport seriyasi va raqami, ism-familiya, tug‘ilgan sanasi, tug‘ilgan joyi, jinsi va boshqalar bor. Millati ustuni esa ko‘rsatilmagan.

Hujjat chipiga egasining biografik ma'lumotlari, raqamli foto, barmoq izlarini kiritish nazarda tutilgan (16 yoshdan kattalar uchun).

«Millati» ustuni asosiy ma'lumotlarda yo‘q bo‘lsa-da, IIVning ko‘rsatishicha, xorijga chiqish pasportini millatini o‘zgartiradigan bo‘lsa almashtirish lozim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid