Özbekiston Respublikasi pasport tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilindi.
Qaror loyihasida 2019 yilning 1 yanvaridan xorijga çiqiş uçun ruxsatnoma (stiker)ni rasmiylaştiriş bekor qilinişi aytiladi. Uning örniga xorijga çiqiş uçun biometrik pasport joriy etiladi.
Hujjatga köra, Özbekiston fuqarosining biometrik pasporti - öz egasining şaxsini Özbekiston hududida tasdiqlovçi hujjat. Şuningdek, u özida elektron axborot taşuvçi (çip)ga ega bölib, Özbekiston fuqaroligini ham tasdiqlaydi.
Özbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga çiqiş tartibi töğrisidagi nizomga köra, Özbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga erkin çiqiş huquqiga ega, Özbekiston Respublikasining qonunçiligi bilan örnatilgan çeklovlar bundan mustasno.

















