Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtning bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tanlov o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan belgilanishicha, Toshkent shahar hokimi 2018 yil 1 oktyabrga qadar muddatda Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi va Toshkent shahrining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tanlov o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi va Toshkent shahrining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi Toshkent shahar hokimi devoniga yuklanadi.
Quyidagilar Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi va Toshkent shahrining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqishning moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
tadbirkorlik sub'yektlarining davlat-xususiy sheriklik shartlarida jalb etiladigan mablag‘lari.
Toshkent shahar hokimi:
2019 yil 1 yanvarga qadar Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;
2019 yil 1 dekabrga qadar tasdiqlangan Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi asosida Toshkent shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026