Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqchi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning ma'lum qilishicha, Eronga qarshi yangi sanksiyalar yadroviy bitim tuzilishidan oldin amal qilgan sanksiyalardan ancha qattiqroq bo‘ladi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, muqaddam AQSh hukumati istisnolarni ham kiritgan, bunda Qo‘shma Shtatlar kompaniyalari Eron bilan «muayyan shartlarda » ishlashi mumkin edi. Biroq, yangi sanksiyalar to‘plami hech qanday istisnolar bo‘lmasligini nazarda tutadi.
Shu bilan birga, Bolton va uning vakili «juda cheklangan» istisnolar bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Ular qaysi kompaniyalar va qanday faoliyat sohalari bilan bog‘liq bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron o‘zida ishlab chiqarilgan ilk qiruvchini taqdim etgandi.
Mavzuga oid
01:00
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
15:42 / 24.01.2026
Tramp: AQSh harbiy kemalari Eron tomon yo‘l olmoqda
13:18 / 24.01.2026