Tehronda tantanali marosim bölib ötdi, unda eronlik harbiylar özlarida işlab çiqarilgan dastlabki qiruvçini taqdim etdilar. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.

Foto: Tasnim 

Mudofaa sanoati kuni arafasida ötkazilgan marosimda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham iştirok etdi.

Samolyot Kowsar deb ataldi. Qiruvçi turli xil qurollarni özida olib yurişi mumkin. Undan aviatsiyani qöllab-quvvatlaş böyiça operatsiyalarda foydalaniş rejalaştirilgan.

Foto: Tasnim 

Ta'kidlanişiça, qiruvçi mudofaa sanoati sohasidagi mutaxassislarning «keng qamrovli tadqiqoti» yordamida işlab çiqilgan. Şunga qaramay, agentlikning materialida samolyotning batafsil tavsifi keltirilmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ eronlik ikki josus uşlangani haqida ma'lum qilgandi.