Jahon | 10:01 / 23.08.2018
21664
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi harbiy parad Kremlda «zilzila» keltirib chiqarishi taxmin qilindi

Foto: RIA Novosti

Ukraina Oliy Radasining «Pyotr Poroshenko bloki»dan deputati Oleg Barnaning ma'lum qilishicha, Mustaqillik kunidagi harbiy texnika paradi Kremlda «zilzila» keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda siyosatchi Ukrainaning NewsOne telekanali efirida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasida «maqtanadigan ko‘p narsalar bor». Uning ta'kidlashicha, Kiyevda bo‘lib o‘tadigan harbiy parad milliy armiyaning jangovar qobiliyatiga ishonch hosil qilishni xohlaydigan Ukraina fuqarolarining «vatanparvarlik o‘lchovi» bo‘ladi.

«Mening fikrimcha, bizning harbiylar marshi va zirhli texnikamizning shovqini Kremlda zilzilaga sabab bo‘lishi kerak», - deya xulosa qilgan Barna.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina sharqida Rossiya armiyasining «izlari» topilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid