Ukraina Donbassda YeXHT tomonidan ilgari qayd etilgan, Rossiyaning eng yangi radioelektron kuraş (REK) tizimlari paydo bölganiga oid dalillarni taqdim etadi. Bu haqda Ukraina Taşqi işlar vazirligining bayonotida aytilgan.
Idora ma'lumotlariga köra, YeXHTning maxsus kuzatuv missiyasi Donbassda Rossiya armiyasida foydalaniluvçi törtta REK tizimini qayd etdi. TIVdan hisoblaşlariça, bu Moskvaning «keskinlaşuvga yöl qöyayotganini» körsatadi.
Avvalroq, 16 avgust kuni Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Viktor Mujyenko Ukraina Rossiya tomonidan «keng kölamli tajovuz»ni qaytarişga tayyorligini bildirgandi. Uning sözlariga köra, mamlakatning Donetsk va Lugansk oblastlaridagi qurolli mojarolar yeçimi siyosiy sa'y-harakatlarga boğliq.
Eslatib ötamiz, bundan avval Ukrainada Rossiyani ogohlantirişgandi.












