Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon chempioni Nurmagomedov - Makgregor jangida kim g‘alaba qozonishini taxmin qildi
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha yengil vazn toifasida jahon chempioni Mayki Garsiya Mutlaq jangchilar chempionatida rossiyalik Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan jang haqida o‘z fikrini bildirdi.
Garsiyaning fikriga ko‘ra, tashkilotning hozirgi chempioni jangda favorit sanaladi.
«Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, men Habib ishtirokidagi barcha janglarni ko‘rmaganman, biroq, ko‘rgan narsalarimga qaraganda, u Makgregorni mag‘lub etadi. U ishonchli g‘alaba qozonadi. UFC 229 musobaqasiga boramanmi? Ehtimol. Mening jiyanim ushbu turnirga borishni istaydi», - deya uning so‘zlarini keltiradi FightHype.
Makgregor - Nurmagomedov jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC prezidenti Makgregor-Nurmagomedov jangi bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024