Mutlaq jangçilar çempionatining (UFC) irlandiyalik jangçisi Konor Makgregor taşkilotning amaldagi çempioni Habib Nurmagomedov bilan jang qiliş uçun köp narsaga tayyor edi.

UFC prezidenti Dana Uaytning aytişiça, irlandiyalik rossiyalik bilan hattoki Rossiyada ham jang ötkazişga tayyor bölgan.

«Konor va Habib örtasidagi jang vaqt masalasiga taqalib qolgandi. Konor u bilan hattoki Rossiyada ham jang qilişga tayyorligini aytgandi. U heç narsadan qörqmaydi. U istalgan şaxs bilan va istalgan joyda jang ötkazişga tayyor. Makgregor köp gapiradi, lekin u öz sözlari uçun javob beradi.

Mening fikrimça, bu biz taşkilotçilik qilgan barça bahslar içidagi eng katta jangdir. Bu biznesda siz oç qolişingiz va jang qilişga, qaytib kelişga tayyor bölişingiz kerak. Işqibozlar hamma bilan jang qilişga tayyor bölganlarni yaxşi köradilar, eng yaxşilar bilan kuç sinaşişga şay bölganlarni. Konor Makgregor UFC’ga kelgan kunidan boşlab şunday edi», - deya Uaytning sözlarini keltiradi «Bi-bi-si».

Makgregor - Nurmagomedov jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq UFC ikki karra çempionga Nurmagomedov yoki Makgregor bilan jang böyiça rad javobi bergandi.