Jahon | 08:48 / 27.08.2018
6006
1 daqiqa o‘qiladi

Moldovada namoyishchilar hukumat iste'fosini talab qilishdi

Foto: Facebook/@politiarepubliciimoldova

Kishinyovdagi muxolifat mitingida namoyishchilar fuqarolarning umumiy yig‘ilishi bayonotini qabul qilib, bir qator talablarni ilgari surdi. Bu haqda tv8.md xabar bermoqda.

Xususan, namoyishchilar bosh vazir Pavel Filipning hukumatidan iste'foga chiqish va proporsional saylov tizimi asosida erkin saylovlar tashkil etishni talab qilishgan.

Shuningdek, yig‘ilganlar muxolifatning siyosiy ta'qib qilinishini to‘xtatish va korrupsiya bo‘yicha mojaroli ishlar bo‘yicha surishtiruvlarni tugatish talabi bilan chiqishdi.

Xabar qilinishicha, marshda bir necha ming kishi ishtirok etgan. Ular Moldova va Yevropa ittifoqi bayroqlari bilan ko‘chalarga chiqishgan, o‘z shiorlarini baraban hamda bo‘sh chelaklarga urish bilan hayqirishgan.

Foto: tv8.md

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldova prezidenti AQSh elchixonasiga rad javobi bergandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid