Moldova prezidenti Igor Dodon Kişinevda joylaşgan sobiq stadionning hududini AQŞ elçixonasini quriş uçun berişdan boş tortdi. Bu siyosatçi özining feysbukdagi sahifasida yozgan.
Dodonning sözlariga köra, sobiq respublika stadionining örnida boğ yoki mamlakatning barça fuqarolari foydalanişi mumkin bölgan madaniyat markazini quriş kerak.
«Men sobiq Respublika stadioni uçastkasini AQŞ elçixonasining yangi binosi qurilişi uçun beriş töğrisidagi qonunni rasmiy ravişda rad etiş haqida imzo çekdim», - deya ma'lum qildi Dodon.
Eslatib ötamiz, avvalroq Moldova prezidenti norozilik aksiyalari bilan tahdid qilgandi.

















