Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida KXDR bo‘yicha hisobotni blokladi
Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida KXDR bo‘yicha hisobotning qabul qilinishini blokladi. Bu Rossiyaning Xavfsizlik kengashidagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya xabar berdi, deb yozmoqda RIA «Novosti».
Uning aniqlik kiritishicha, gap KXDRga nisbatan sanksiyalar bilan shug‘ullanuvchi 1718 Qo‘mitasi hisoboti haqida ketmoqda.
«Biz hisobot bandlaridan va uning ustidagi ish qanday olib borilayotganidan norozi bo‘lganimiz uchun 1718 Qo‘mitaning hisobotini blokladik. Men bu borada aniqlik kirita olmayman, sababi hisobot hali e'lon qilinmagan va hozircha maxfiy sanaladi», - dedi Nebenzya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasi va boshqalar Qo‘mitadan qator internet va ommaviy axborot vositalariga ma'lumotlar doimiy ravishda sizib chiqayotganidan tashvishda. Nebenzyaning aniqlik kiritishicha, bu faktlar bo‘yicha surishtiruv o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya elchisi AQShni Suriya bo‘yicha ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026