Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy Afg‘onistonga yuk tashishni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda Afg‘onistonga yangi transport yo‘lagi orqali yuk tashishni boshladi.
Bu bilan 2018 yilda tashkil etilgan Silk Road International qo‘shma korxonasi shug‘ullanadi. Korxonaning asosiy faoliyati Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkeshtom – Qashqar yo‘nalishi bo‘yicha yuk tashishdan iborat.
Endilikda Afg‘oniston shimolidagi Hayraton shahriga ham turli yuklar yetkazib beriladi. Yo‘lning umumiy uzunligi 1,6 ming kilometrni tashkil etadi.
Avvalroq Xitoyning Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi O‘zbekiston shaharlarida bir relsli osma poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
22:15 / 09.06.2026