Lukashenko o‘z tomorqasidagi tarvuzlardan xursand bo‘ldi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tomorqasidagi kartoshka va tarvuz hosilini yig‘ib olishda ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Ta'kidlanishicha, tomorqada uch navdagi kartoshka yetishtiriladi: Belarusning «Uladar» va nemislarning «Anna» hamda «Satina»si. Olingan hosilning og‘irligi 60 tonnani tashkil etdi.
Xabarda aytilishicha, davlat rahbari tarvuzdan juda xursand bo‘lgan, «Belarus uchun noodatiy bo‘lgan issiq haroratning bir necha hafta davomida kuzatilishi foyda berdi - ta'm va yoqimli hid qo‘shdi». Lukashenko va uning yordamchilari dalaning o‘zida tarvuzni so‘yib, tatib ko‘rishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko ko‘plab rahbarlarni ichkilikbozlik sabab ishdan haydashini bildirgandi.
Mavzuga oid
22:17 / 07.11.2024
Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
14:30 / 05.11.2024
Lukashenko: RF Belarus orqali Polsha, Litva, Latviya va Ukrainaga hujum qilmoqchi emas
13:10 / 24.10.2024
Lukashenko Mariya Kolesnikovani afv etish haqida o‘ylab ko‘rishga tayyor
19:19 / 23.10.2024