Jahon | 17:52 / 31.08.2018
9002
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko ko‘plab rahbarlarni ichkilikbozlik sabab ishdan haydashini bildirdi

Foto: Vasily Fedosenko/Reuters

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yangi kadrlar almashinuvi yuz berishi haqida ma'lum qildi, bunga yuqori mansabdor shaxslar orasidagi ichkilikbozlik sabab bo‘lgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Avgust oyida Lukashenko hukumatni tarqatib yubordi va yangi bosh vazir tayinladi.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.

«Men bu oxiri emas, deb aytmoqchiman», - deya ta'kidlab o‘tdi Belarus prezidenti Moliya vazirligi va Energetika vazirligiga rahbarlarni tayinlash paytida.

Jumladan, u ichkilikbozlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida ma'lum qilib, ko‘pchilik ishdan bo‘shatilgan rahbarlar «mast-alast bo‘lib yurganini» aytdi.

«Men sizlar kim bilan ichishingiz, kim bilan hammomga borishingiz, kim bilan suhbatlashayotganingizni nazorat qilmayapman... Lekin ichkilikbozlikka keladigan bo‘lsak, o‘z chegarangizni bilishingiz kerak... Agar siz bu hisni yo‘qotib qo‘yayotgan bo‘lsangiz - siz rahbar emassiz. Shuning uchun biz yaqin kelajakda ayrimlar bilan xayrlashishga majbur bo‘lamiz», - dedi Belarus prezidenti.

Shuningdek, Lukashenkoning bildirishicha, ayrim rahbarlar sabab bilan va sababsiz, hamda ko‘proq «sababsiz» ichkilikbozlik qiladi, bunda ish haqida unutib ham qo‘yishadi.

Mavzuga oid