Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko tomorqasidagi kartoşka va tarvuz hosilini yiğib olişda iştirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Ta'kidlanişiça, tomorqada uç navdagi kartoşka yetiştiriladi: Belarusning «Uladar» va nemislarning «Anna» hamda «Satina»si. Olingan hosilning oğirligi 60 tonnani taşkil etdi.
Xabarda aytilişiça, davlat rahbari tarvuzdan juda xursand bölgan, «Belarus uçun noodatiy bölgan issiq haroratning bir neça hafta davomida kuzatilişi foyda berdi - ta'm va yoqimli hid qöşdi». Lukaşenko va uning yordamçilari dalaning özida tarvuzni söyib, tatib körişgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Lukaşenko köplab rahbarlarni içkilikbozlik sabab işdan haydaşini bildirgandi.












