Jahon | 17:37 / 07.09.2018
15228
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada respublikani tiklashda ishtirok etmoqchi bo‘lgan davlatlar ma'lum qilindi

Foto: RIA Novosti

Suriya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Valid Muallim mamlakatni tiklashda qaysi davlatlar ustuvor ahamiyatga ega bo‘lishi haqida gapirdi. Bu haqda u «Mejdunarodnaya jizn» jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Muallimning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlar vaqtida Suriya rasmiylari Rossiya va eronlik «do‘stlarga» suyanishgan. Uning ta'kidlashicha, mamlakatni qayta tiklashda bu mamlakatlarning kompaniyalariga ustuvor ahamiyat beriladi.

«Bu ular Suriyaga bergan qurbonlariga sadoqatni anglatadi. Shuningdek, bunda ularning tiklash jarayonida ishtirok etish uchun zarur imkoniyatlarga ega ekani ham inobatga olinadi», - deya aniqlik kiritdi Muallim.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy, Braziliya, Hindiston, Janubiy Afrika va Malayziya ham mamlakat hududini tiklashda ishtirok etishni xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy Bashar Asadni ogohlantirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid