Oq uy Suriya prezidenti Başar Asadga kimyoviy quroldan foydalanadigan bölsa, harbiy kuç bilan tahdid qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatgan.

Qayd etilişiça, bu haqda AQŞ prezidentining matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi.

Uning aniqlik kiritişiça, Vaşington Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatni öta jiddiylik bilan kuzatib bormoqda.

«Biz şuni aniq ma'lum qilmoqçimizki, qat'iy pozitsiyamiz avvalgidek qoladi: prezident Başar Asad yana kimyoviy qurol işlatişga qaror qilsa, AQŞ va uning ittifoqçilari tezkor hamda töğri javob beradilar», - deyiladi bayonotda. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Rossiyani «jiddiy xato» haqida ogohlantirgandi.