Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh razvedkasi Asad xlordan foydalanishga ruxsat berganini aniqladi
AQSh razvedkasi Suriya prezidenti Bashar Asadning Idlibdagi jangarilarga qarshi xlordan foydalanishga ruxsat berganini tasdiqlovchi ma'lumotlarni oldi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan yozmoqda.
Materialda bildirilishicha, Asad Idlibda jangarilarga qarshi amalga oshiriladigan hujumda gaz shaklidagi xlordan foydalanishga ruxsat bergan. Shu munosabat bilan Pentagon ehtimoliy javob choralarini tayyorlamoqda, biroq prezident Donald Tramp u aynan qanday bo‘lishini hali hal qilmagan.
Shunga qaramay, nashrning ko‘rsatishicha, zarba, agar Vashington bundan qadamga borsa, barcha avvalgilaridan eng kuchlisi bo‘ladi.
Amerika hukumati Damashqni mamlakatda kimyoviy quroldan foydalanganlikda ayblamoqda. Suriya hukumatining iddao etishicha, kimyoviy qurollarga ega emas hamda ulardan foydalanmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Turkiya Suriyada begunoh odamlar o‘ldiriladigan bo‘lsa, chetdan qarab turmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
22:34
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05