Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiya FXXning IShID bo‘yicha ma'lumotini «juda kulgili» deb atadi
Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining (FXX) UXX IShID terrorchilik tashkiloti bilan hamkorlik qilayotgani haqidagi ma'lumotiga reaksiya bildirdi. Bu haqda UNN xabar qilmoqda.
UXXdagi manbaning ma'lum qilishicha, bunday ma'lumotga «izoh berishning o‘zi kulgili».
«Bu Rossiya FXXning navbatdagi feyk xabari», - deya ta'kidlab o‘tdi manba.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya FXX Ukrainani ayblab chiqqandi.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Smolensk oblastida IShID xalqaro terrorchilik tashkilotining a'zosini qo‘lga olgani, u Ukraina Xavfsizlik xizmati topshirig‘i bilan «DXR» rahbarlaridan birini o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rgani haqida ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid
18:11
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026