Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh savdo urushida kuchli zarbaga uchrashini kutmoqda
Foto: Thomas Peter/Reuters
Xitoy tijorat vaziri o‘rinbosari Van Shouvenning ma'lum qilishicha, oshirilgan bojlarning joriy etilishi Xitoyga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida AQShga ta'sir qiladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«AQSh - Xitoyga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beruvchi muhim mamlakat, ammo Amerika tomonidan qabul qilingan cheklangan savdo choralari tufayli Xitoy shunga o‘xshash choralarni ko‘rishga majbur bo‘ldi. Albatta, bu Xitoyga suyultirilgan tabiiy gaz eksporti bozorida muhim davlat bo‘lgan AQShga ta'sir qilishi mumkin», - deya aytib o‘tdi Van Shouven.
Uning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda Avstraliya ham Xitoyga suyultirilgan tabiiy gazni yetkazib berayotgan muhim mamlakat bo‘lib, unda kelajakda yaxshi istiqbollar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh savdo gegemoniyasi haqida ma'lum qilgandi.
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining fikricha, Qo‘shma Shtatlar hukumati Xitoyga o‘z manfaatlarini majburlab o‘tkazmoqchi.
Mavzuga oid
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
14:34 / 20.01.2026
Karachi porti orqali O‘zbekiston mahsulotlari tranziti oshiriladi
13:50 / 20.01.2026
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33 / 20.01.2026