Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ va Xitoy JST islohotini muhokama qildi
Foto: Ruben Sprich/Reuters
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning taqsimlovchi direktori Kristin Lagard va XXR tashqi ishlar vaziri Van I Jahon savdo tashkilotini isloh etish zaruriyatini muhokama qildi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
«Tomonlar JSTni isloh qilish bo‘yicha fikr almashdilar. Van Ining ma'lum qilishicha, Xitoy tomoni JST islohotini diqqatlik bilan kuzatib bormoqda. Xitoy tomoni islohotlar JSTning asosiy tamoyillari va qadriyatlariga mos kelishi kerak, deb hisoblaydi. Bunda, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar uchun alohida va xilma-xil yondashuv saqlanib qolinishi hamda hatto mustahkamlanishi kerak», - deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, Van Ining ta'kidlashicha, islohot barcha ishtirokchi davlatlarni qamrab olishi, shaffof, ochiq va keng qamrovli bo‘lishi kerak.
O‘z navbatida, Lagardning qayd etishicha, XVJ Xitoy bilan hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh savdo urushida kuchli zarbaga uchrashini kutayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
15:39 / 12.01.2026