Xitoy tijorat vaziri örinbosari Van Şouvenning ma'lum qilişiça, oşirilgan bojlarning joriy etilişi Xitoyga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beruvçi sifatida AQŞga ta'sir qiladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«AQŞ - Xitoyga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beruvçi muhim mamlakat, ammo Amerika tomonidan qabul qilingan çeklangan savdo çoralari tufayli Xitoy şunga öxşaş çoralarni körişga majbur böldi. Albatta, bu Xitoyga suyultirilgan tabiiy gaz eksporti bozorida muhim davlat bölgan AQŞga ta'sir qilişi mumkin», - deya aytib ötdi Van Şouven.

Uning ta'kidlaşiça, hozirgi vaqtda Avstraliya ham Xitoyga suyultirilgan tabiiy gazni yetkazib berayotgan muhim mamlakat bölib, unda kelajakda yaxşi istiqbollar mavjud.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy AQŞ savdo gegemoniyasi haqida ma'lum qilgandi.

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşining fikriça, Qöşma Ştatlar hukumati Xitoyga öz manfaatlarini majburlab ötkazmoqçi.