O‘zbekiston | 17:28 / 01.10.2018
5938
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti Hindiston vitse-prezidentini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Dehli shahridagi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Hindiston Respublikasi vitse-prezidenti, senat raisi Venkaya Nayduni qabul qildi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda mamlakatlar aloqalarini rivojlantirishning turli jihatlari, o‘zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalariga e'tibor qaratildi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi tor doirada uchrashuv o‘tkazgandi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Mavzuga oid