O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 oktabr kuni Nyu-Dehlida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qilgandi.