Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guardian: Sergey Skripal Rossiyadan bunday suiqasdni kutmagan
Joriy yilning mart oyida qizi bilan birgalikda «Novichok» asab-falajlovchi moddasidan jabrlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal avvaliga Moskva bunga aloqador ekaniga ishonmagan. Bu haqda «Skripal ishi» kitobida «Bi-bi-si» jurnalisti Mark Urban yozgan, deb xabar bermoqda The Guardian.
Skripal bilan shaxsan muloqot qilgan jurnalistning yozishicha, u komadan chiqib, Kreml o‘zini va qizini o‘ldirishga urinishda ishtirok etganiga ishonishdan bosh tortgan.
Rossiya maxsus xizmatlarining sobiq xodimi, Britaniya razvedkasiga ma'lumot berganiga qaramasdan, o‘zining millatchilik fikrlarini ochiq ifodalagan, deya yozadi Urban. Xususan, u Qrimning Rossiya tarkibiga qaytishini qo‘llab-quvvatlagan va Ukraina sharqida rus harbiylarining borligiga ishonmagan. Urbanning ta'kidlashicha, MI6 tomonidan unga sotib olingan uyda u aksariyat paytlarda «Perviy kanal»ni tomosha qilib o‘tirgan.
Kitobda Rossiya maxsus xizmatlari Skripalni o‘ldirishga nega harakat qilishgani haqidagi savolga javob yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallar ishi bo‘yicha uchinchi gumonlanuvchi aniqlangani, u ham GRU xodimi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:25
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
00:26