Skripallar ishi bo‘yicha uchinchi gumonlanuvchi aniqlandi. U ham GRU xodimi
Britaniyalik tergovchilar GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Skripalning Solsberida zaharlanishiga aloqador uchinchi gumondor shaxsini aniqlashdi. Bu haqda The Telegraph gazetasi yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya tomonidan gumonlanayotgan uchinchi shaxs ham GRU xodimidir. Taxminlarga ko‘ra, u Petrov va Boshirov uchun ma'lumot to‘plash uchun Solsberiga borgan. Xususan, maqolada bildirilishicha, uchinchi gumonlanuvchi Sergey Skripal istiqomat qilgan joydagi ko‘cha rejasini tuzgan hamda sobiq polkovnik qaysi eshikdan foydalanayotganini aniqlagan.
Xabar qilinishicha, yangi gumonlanuvchining shaxsini britaniyaliklar Don Sterjyess va Charli Roulini «Novichok» bilan zaharlash bo‘yicha holatni tergov qilganlar aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Petrov va Boshirov haqida yangi ma'lumot paydo bo‘lgandi. Bildirilishicha, ular muqaddam Niderlandiyada hibsga olingan.
Mavzuga oid
21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg
23:14 / 14.10.2024
Britaniyada «Novichok» yordamida zaharlanish ishi bo‘yicha sud eshituvi bo‘lib o‘tdi
11:40 / 07.10.2024
El Mundo: «GRU» xodimi Rubsov Navalniyni Yevropada kuzatib yurgan
12:40 / 07.09.2024