Sport | 17:52 / 02.10.2018
22982
2 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedov: piyonista va giyohvand Makgregor qanday jang qilishini tushunmayapman

Foto: Getty Images

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan mojaroli matbuot anjumaniga izoh berdi.

Tadbir davomida Makgregor bir stakan spirtli ichimlik ichdi va rossiyalikka ichishni taklif qildi, ammo Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni bosh tortdi.

«Matbuot anjumanida u o‘zini xuddi piyonistadek tutdi. Bu ahmoqlik. Juda qiziq. Sen ichkilikbozlik bilan shug‘ullanib, giyohvand moddalar qabul qilsang, qanday qilib jang qilmoqchisan? Qanday qilib 25 daqiqa turib bermoqchisan? Bu boks emas, oshna. Men har doim aloqada bo‘lishni mo‘ljallayapman. Bu Neyt Dias bilan masofadan turib jang qilish emas, balki butunlay boshqacha narsa», - deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Nurmagomedov — Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov mayda bo‘laklarga sochilib ketishi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid