Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
30 yoshli irlandiyalik Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) amaldagi chempionini «sindirib tashlashga» va'da berdi.
«Men uni yaxshilab do‘pposlayman, uni sinishga majbur qilaman. U mayda bo‘laklarga ajralib ketadi. U zarbalarni yaxshi qabul qila oladi, deb o‘ylamayman», - deya irlandiyalikning so‘zlarini keltiradi «Bi-bi-si».
Nurmagomedov - Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregorning murabbiyi Habib Nurmagomedovdagi muammolarni eslatgandi.















