Jahon | 17:11 / 03.10.2018
13338
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh iqtisodiyoti 2020 yilda turg‘unlikka tushishi mumkin

Foto: AP

Biznes-iqtisodchilarning aksariyati AQShda 2020 yil oxirida - kelasi prezidentlik saylovlari paytida retsessiya (turg‘unlik) yuz berishini taxmin qilishmoqda. Bu haqda Newsweek Biznes-iqtisodiyot milliy assotsiatsiyasining (National Association for Business Economics) 50dan ortiq eksperti o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayangan holda yozmoqda.

So‘rovda qatnashgan iqtisodchilarning 10 foizga yaqini retsessiya 2019 yilda boshlanishni taxmin qilgan. Ekspertlarning 56%i fikricha, u 2020 yilda boshlanishi mumkin. Bundan tashqari, respondentlarning 36 foizi kamida 2021 yilgacha jiddiy iqtisodiy inqirozni kutishmayotganini aytishgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika savdo siyosatini o‘zgartirishga qaror qildi, bu Xitoy kabi yirik iqtisodiyotlar bilan «savdo urushlari» kelib chiqishiga sabab bo‘ldi, deyiladi materialda.

Dushanba kuni AQSh yetakchisi Shimoliy Amerika erkin savdo bitimini (NAFTA) Meksika va Kanada bilan yangi savdo bitimiga (USMCA) almashtirishi haqida e'lon qildi. Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan savdo muzokaralariga tayyor emasligini aytdi. Amerika rahbari Xitoyga nisbatan bojlarning yangi raundi bo‘yicha imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq, Pekin va Vashington bojlar bilan almashgandi. Tramp Xitoy tovarlariga 250 milliard dollarlik bojlar joriy qildi. Bunga javoban Xitoy Amerikadan mahsulotlarga nisbatan 60 milliard dollarlik bojlarni kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Reuters AQShning obro‘si pasayib ketgani haqida yozgandi.

Mavzuga oid