Qöşma Ştatlarning prezident Donald Tramp rahbarligi paytidagi obrösi Amerika ittifoqdoşlari oldida ança pasaydi, deb xabar bermoqda Reuters Pew Research Center tadqiqotiga asoslanib.

Qöşma Ştatlarning obrösi bir yil davomida yomonlaşdi, bu vaqt içida Tramp Kanada va Germaniyaga hujumlarini kuçaytirdi, deyiladi materialda.

Pew Research Center sörovining körsatişiça, 2017 yilda - Tramp hukmronligining birinçi yilida - katta muvaffaqiyatlarga erişgan Amerika imiji 2018 yil davomida köplab davlatlarda, ayniqsa Yevropada yomonlaşdi.

Hozirgi vaqtda nemislarning atigi 30 foizi Qöşma Ştatlarga ijobiy munosabatda bölib turibdi - bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 5 foizga kamaygan. Frantsuzlarning faqat 38 foizi va kanadaliklarning 39 foizi Qöşma Ştatlarga ijobiy munosabatda bölmoqda.

Agentlikning qöşimça qilişiça, 2017 yil yanvaridan boşlab, ya'ni Donald Tramp AQŞ prezidentligiga rasman kirişganidan söng, u bir tomonlama ravişda xalqaro hamkorlikning iqlim böyiça Parij bitimi va Eron yadro bitimi (Qöşma keng kölamli harakatlar rejasi, unda Rossiya, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya ham bor) kabi şakllaridan çiqib ketdi.

Bundan taşqari, u Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In va Rossiya prezidenti Vladimir Putin kabi rahbarlar bilan döstlaşib oldi, şuningdek, NATO böyiça ittifoqdoşlar va yaqin qöşnilarni tanqid qila boşladi, deyiladi materialda.

Iyun oyida, Kanadadagi G7 sammitidan söng, Tramp AQŞ ittifoqçilari bilan qöşma bayonotni imzolaşdan boş tortdi hamda mezbon mamlakat yetakçisi - boş vazir Jastin Tryudoning ustidan kulib, uning xatti-harakatini «behuda va zaif», deya ta'rifladi. Amerika yetakçisi mudofaa xarajatlarning pastligi va Rossiya gaziga bölgan qaramlik tufayli Germaniyani bir neça bor tanqid ostiga oldi, deya aniqlik kiritadi Reuters.

Ötgan hafta, Nyu-Yorkdagi BMT Boş assambleyasi yiğilişida nutq sözlab, AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uydagi ikki yil davomida AQŞ tarixidagi istalgan ma'muriyatdan köproq iş qilganini iddao etib, jahon yetakçilarining kulgisiga sabab böldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniyada darğazab Trampning noodatiy haykali paydo bölgandi.