Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulnora Karimova ishi. Bosh prokuratura Britaniyadagi aktivlar bo‘yicha izoh berdi
Buyuk Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning qirollik hududidagi ko‘chmas mulk obektlari va boshqa aktivlarini xatlashni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Kun.uz Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaga tegishli ko‘chmas mulk xatlov qilinishi bo‘yicha sud jarayoni haqida Bosh prokuratura matbuot xizmatidan izoh so‘radi.
«Bu masalaga keladigan bo‘lsak, biz qator xorijiy davlatlardagi hamkasblarimiz bilan hamkorlik qilmoqdamiz, jumladan, Shveytsariya prokuraturasi bilan qalin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
Britaniya tomoni bo‘yicha masalaga kelsak, ayni damda Britaniya huquqni muhofaza qilish tuzilmalari bilan Gulnora Karimova ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud qarori doirasida aktivlarni qaytarishga doir muzokaralar olib borilmoqda», - deya aytib o‘tdi Bosh prokuratura matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonova.
Avvalroq, Britaniyadagi O‘ta yirik miqdordagi firibgarliklarga qarshi kurashish byurosi 2002 yili joriy etilgan qonunga muvofiq obektlarni fuqarolik tartibida musodara qilish haqida sud da'vosi bilan murojaat qilingani haqida xabar tarqatgandi.
Da'vo bir necha aktivlarga, shu jumladan, O‘zbekistonda Gulnora Karimova va Rustam Madumarov ishtirokidagi korrupsiyaviy bitimlardan olingan daromadlardan foydalanib sotib olingani taxmin qilinadigan uchta ko‘chmas mulk obektiga taalluqli ekani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 28 sentabr kuni Toshkentdan Londonga uchib ketgani xabar qilingandi.
Shundan so‘ng Gulnora Karimova 2 oktabr kuni Dubayga uchib borgani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura bu xabarni inkor etib, Imon Karimova O‘zbekistonni hech qanday to‘sqinliksiz tark etgani, Gulnora Karimova esa qonun bilan belgilangan tartibda jazo o‘tashni davom etayotgani haqida ma'lum qildi.
O‘tgan yilning yozida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishining ba'zi jihatlarini ochiqlagan edi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Gulnora Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
«Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Karimova o‘zi ayblangan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topildi va unga besh yilga ozodlikni cheklash tarzidagi jazo belgilangan», - deyilgandi Bosh prokuratura xabarida.
Mavzuga oid
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
21:12 / 25.06.2026