Gulnora Karimovaning qizi va Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Imon Karimova 28 sentabr kuni Toşkentdan Londonga uçib ketdi.
Joriy yilning 28 sentabr kuni Imon Karimova Toşkent-London yönalişi böyiça parvoz qilgan «Özbekiston havo yöllari»ning HY201 reysiga ötiriş taloni tasvirlangan suratni Instagram’dagi sahifasida e'lon qilgan.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning yozida Özbekiston Boş prokuraturasi Gulnora Karimova işining ba'zi jihatlarini oçiqlagan edi. Ma'lum bölişiça, u 2015 yilning avgustida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 5 yilga şartli ravişda ozodlikdan mahrum etilgan.
«Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Karimova özi ayblangan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topildi va unga beş yilga ozodlikni çeklaş tarzidagi jazo belgilangan», - deyilgandi Boş prokuratura xabarida.












