Ayrim OAVda Gulnora Karimovaning Özbekiston qamoğidan ozod etilib¸ Birlaşgan Arab Amirliklariga yetib kelgani haqida xabarlar tarqaldi.

Aytilişiça, Gulnora Karimova xususiy samolëtda 2 oktabr mahalliy vaqt bilan soat 14:00da Dubayga kelib qöngan va şundan söng BAAdagi eng qimmat mehmonxonalardan birida örnaşgan.

Kun.uz uşbu ma'lumotga oydinlik kiritiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonova bilan boğlandi.

Matbuot xizmati vakilining ma'lum qilişiça, Gulnora Karimova qonunda nazarda tutilgan tarzda Özbekistonda jazo ötamoqda.

«Sizga yana bir bor rasman bayonot beraman: Gulnora Karimova qonunda nazarda tutilgan tarzda Özbekistonda jazo ötamoqda», - dedi Boş prokuratura matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonova Kun.uz muxbiriga.

Eslatib ötamiz, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 28 sentabr kuni Toşkentdan Londonga uçib ketgani xabar qilingandi.

Keyinçalik u Instagramʼdagi sahifasida heç qanday siyosiy masalalarda iştirok etişni xohlamasligi haqida bildirdi.

«Biz öz hayotimiz bilan yaşaşni istaymiz, heç qanday siyosiy masalalarda iştirok etişni va şu yillar davomida boşimizdan ötgan barça dahşatli voqealarni eslaşni xohlamaymiz”, - deya yozgan Imon Karimova.

2 oktabr kuni Boş prokuratura Kun.uz’ga Imon Karimova Özbekistonni heç qanday tösqinliksiz tark etgani, Gulnora Karimova esa qonun bilan belgilangan tartibda jazo ötaşni davom etayotgani haqida xabar berdi.

Ötgan yilning yozida Özbekiston Boş prokuraturasi Gulnora Karimova işining ba'zi jihatlarini oçiqlagan edi. Ma'lum bölişiça, u 2015 yilning avgustida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 5 yilga şartli ravişda ozodlikdan mahrum etilgan.