Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Imon Karimova mamlakatni heç qanday tösqinliksiz tark etdi. Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Foto: Instagram /iman.k17

Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 28 sentabr kuni Toşkentdan Londonga uçib ketgandi. U Toşkent-London yönalişi böyiça parvoz qilgan «Özbekiston havo yöllari»ning HY201 reysiga ötiriş taloni tasvirlangan suratni Instagram’dagi sahifasida e'lon qilgan.

"Imon Karimova Özbekistondan çiqib ketganligini va buning uçun heç bir rasmiy tösqinlik yöq ekanligini tasdiqlaymiz", - dedi Boş prokuratura matbuot xizmati vakili.

Uning ma'lum qilişiça, Imon Karimovaning onasi - Gulnora Karimova esa qonun bilan belgilangan tartibda jazo ötaşni davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning yozida Özbekiston Boş prokuraturasi Gulnora Karimova işining ba'zi jihatlarini oçiqlagan edi. Ma'lum bölişiça, u 2015 yilning avgustida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 5 yilga şartli ravişda ozodlikdan mahrum etilgan.

«Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Karimova özi ayblangan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topildi va unga beş yilga ozodlikni çeklaş tarzidagi jazo belgilangan», - deyilgandi Boş prokuratura xabarida.

Şuningdek, Imon Karimovaning Instagram’dagi sahifasida e'lon qilgan suratga köra, u Londondagi London school of economics’da tahsil olişni boşlagan.

Ma'lumot uçun, Imon Karimovaning akasi, Gulnora Karimovaning öğli - kiçik Islom Karimov ham Londonda istiqomat qiladi.